Eron tashqi ishlar vaziri Abbas Arakchi AQSh muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan, ammo Tehron Isroil zarbalari sharoitida buning imkonsizligini bildirib rad etganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Eron bugun Jenevada Fransiya, Britaniya, Germaniya va Yevropa Ittifoqi vazirlari bilan muzokara o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tramp ma’muriyati ikki hafta ichida Eronga qarshi harbiy harakatlar bo‘yicha qaror qabul qilishini bildirgan edi.
Biroq OAV AQSh dam olish kunlarida Eronga zarba berish ehtimoli borligini yozmoqda.