Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ermak Kellogg bilan Ukrainaga tashrifini muhokama qildi

Ermak Kellogg bilan Ukrainaga tashrifini muhokama qildi

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak AQShning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellog bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida Kiyevga tashrifini muhokama qildi.

Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

"Biz uning Ukrainaga bo‘lajak tashrifini muhokama qildik, bu biz uchun juda muhim. Adolatli va barqaror tinchlik Ukraina uchun ustuvor vazifadir", - dedi Yermak.

Bundan tashqari, u Kellog bilan frontdagi vaziyat va Ukraina tinch aholisi xavfsizligi masalasini, shuningdek, 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida bo‘lajak uchrashuvlarni muhokama qilgani haqida xabar berdi.

Ermakning so‘zlariga ko‘ra, konferensiyada Ukraina tomoni mojaroga barham berish bo‘yicha o‘z qarashlarini taqdim etadi, biroq bunga qadar AQSh bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Kiritildi: 15:48 07.02.2025. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!