«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland kelayotgan yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. Unga yangi grand da’vogar paydo bo‘ldi.
«TEAMtalk» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «PSJ» norvegiyalik to‘purarni sotib olish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Avvalroq futbolchiga «Real» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirgan edi.
Qayd etilishicha, Xolandning o‘zi Ispaniyaga ko‘chib o‘tish variantini afzal ko‘rmoqda. Biroq yakuniy qaror aniq takliflardan kelib chiqqan holda qabul qilinadi.