"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kabi yulduzlar darajasiga chiqa oladimi, degan savolga javob berdi.
"Yo‘q. Hozir dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari qatoriga kiraman. Lekin ularning rekordini hech kim yangilay olmaydi. Hatto men ham", - deya Xolandning so‘zlarini keltiradi 101 Great Goals.
Erling Xoland "Manchester Siti"da uch mavsumdan buyon to‘p tepib kelmoqda. Bu vaqt ichida hujumchi 146 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 124 ta gol va sheriklariga 21 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.