Erkaklar miyasi yosh o‘tishi bilan ayollarnikiga nisbatan ancha tez qariydi, deyiladi olimlar tadqiqoti da.
Norvegiyalik tadqiqotchilarga ko‘ra, yosh o‘tishi bilan miya hajmi kichrayadi va bu jarayon erkaklarda ayollarga nisbatan taxminan ikki baravar tez kechadi.
Lekin yaxshi xabar bor. Bu jarayonni sekinlashtirish mumkin.
Olimlar ta’kidlashicha, videoo‘yinlar — ayniqsa otishmaga asoslangan o‘yinlar, strategiyalar va sport simulyatorlari — miyani faol ishlashga majbur qiladi. Doimiy o‘ynash natijasida miya qarishini taxminan 10 yilgacha kechiktirish mumkin.