Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Erkak nega koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligini aytib, odamlarni qo‘rqitdi?

Erkak nega koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligini aytib, odamlarni qo‘rqitdi?

Petergof shahrida yashovchi fuqaro koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligini aytib, shahar DANning 5-sonli tumanlararo ro‘yxatga olish va ekspertiza bo‘limi ishini to‘xtatdi. Bu haqda "Fontanka" xabar bermoqda.

Bir kishi binoga tibbiy niqob va qo‘lqop kiygan holdi kelgan. U o‘zining yangi "Lexus" avtomashinasi uchun ro‘yxatdan o‘tish va raqam olishni rejalashtirgan. U o‘z navbatida navbatda turganlarga Ispaniyadan yaqinda kelganligi va hozir karantinda ekanligi, koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi haqida gapira boshlagan. Odamlardan masofani uzoqroq tutishni va navbatda kutmasdan o‘tib ketishni so‘ragan.

Xodimlar "xavfli" mehmonni qo‘lga olish uchun tibbiy guruh va polisiya patrulini chaqirib, bo‘limni to‘xtatib, binoni yopishgan.

Voqea joyiga maxsus epidemiologik xizmat ham kelgan. Polisiya xodimlari koronavirusni yuqtirganman deb da’vo qilgan odamni o‘rab olishgan. Erkak norozilik bildirgan.

«Men Ispaniyada ikki oy yashadim. Kecha qaytib keldim va o‘zimni izolyasiyaladim. Mashina sotib olganim sababli raqamlarni olishim kerak edi. Men ro‘yxatga olish va ekspertiza bo‘limiga bordim, xodimga karantindaman, deb aytdim va boshqalardan uzoqroq turishni so‘radim. Vahima yo‘q edi, bitta xonimdan tashqari hamma meni kiritishga rozi bo‘lishdi. Ammo keyin meni mashinaga tiqishdi, yo‘l polisiyasi yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Bu shunchaki sharmandalik», – dedi erkak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus uchun tekshiruv o‘tkazmagan, shubhali alomatlar yo‘q, o‘zini juda yaxshi his qilyapti.

 

Kiritildi: 15:13 23.03.2020. O'qildi: 2634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!