Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Erga sayyoralararo stansiyaning qulashi haqida ogohlantirish berildi

Erga sayyoralararo stansiyaning qulashi haqida ogohlantirish berildi

Ishdan chiqarilgan Sovet sayyoralararo avtomatik stansiyasi (AMS) "Kosmos-482" 7-13 may kunlari Yerga qulashi mumkin.

Bu haqda astronom Jonatan Makdauell o‘z blogida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘lchami avtomobildek bo‘lgan ob’ekt "atmosferaga kirishda omon qolishi va Yer yuzasiga yetib borishi mumkin".

"Unday bo‘lsa, men uning birovni urish ehtimoli mingda bir bo‘lishini kutaman", deb ogohlantirdi olim.

Sovet Ittifoqi tomonidan 1972 yil mart oyida ishga tushirilgan Kosmos-482 zondi Veneraning yashash uchun qulay bo‘lmagan yuzasidan ma’lumotlarni yig‘ish uchun yuborilgan. Biroq raketa kuchaytirgichlaridan birining nosozligi tufayli qurilma Yer orbitasida qoldi.

Kiritildi: 23:06 01.05.2025. O'qildi: 774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!