Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida ikki davlat munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan.
"Masalan, Armaniston va Turkiya o‘rtasida Gruziya hududi orqali ikki tomonlama savdo olib borilmoqda. Shuningdek, yaqinda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan ijobiy uchrashuv" o‘tkazdik, unda chegaralarni to‘liq ochish va diplomatik munosabatlar o‘rnatishga kelishib oldik", —qo‘shimcha qildi Armaniston yetakchisi.