Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukrainadagi tinchlik jarayonida yutqazganlar bo‘lmasligiga ishonch bildirdi.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Turkiya rahbari Turkiya Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettirayotganini aytdi.
“Urushning g‘olibi, tinchlikning esa yutqazuvchisi yo‘q degan ishonch bilan sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz”, dedi Erdo‘g‘on.