O‘tgan o‘n yil ichida Turkiya terrorizmga qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishdi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on halok bo‘lgan askarlar va faxriylarning oila a’zolari bilan bo‘lgan iftorida aytib o‘tdi.
Turkiya rahbari o‘z mamlakati so‘nggi yillarda mudofaa sanoati sohasida ajoyib natijalarga erishganini va shu orqali o‘z chegaralari xavfsizligini boshqa davlatlar yordamisiz ta’minlaganini ta’kidladi.
“Biz boshqalarning rejalaridan qat’iy nazar o‘z tariximizni yozamiz”, — dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti terrorchilarga ham ogohlantirish berdi: "Agar ular va’dalarida turmasalar, bizdan xafa bo‘lishmasin. Biz oxirgi terrorchi yo‘q qilinmagunicha amaliyotlarni davom ettiramiz. Bizni maqsadimizga - terrorizmdan xoli Turkiyaga erishishimizga hech kim to‘xtata olmaydi".