Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Yevropa sammiti uchun Moldovaga bormaydi.
Sammitga tayyorgarlik bilan shug‘ullangan uch nafar anonim shaxsga ko‘ra, Erdo‘g‘on so‘nggi daqiqalarda o‘z fikridan qaytgan.
Evropa siyosiy hamjamiyati Yevropa kelajagi haqidagi siyosiy va strategik munozaralar uchun tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Sammitning asosiy vazifasi Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi Yevropa yetakchilarini birlashtirishdan iborat.
Bu safargi sammitda 40 dan ortiq Yevropa yetakchilari, jumladan, Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati vakillari ishtirok etadi. Bugun bo‘lib o‘tadigan liderlar uchrashuvi o‘tgan yilning oktyabr oyida Pragada bo‘lib o‘tgan inaugurasion uchrashuvdan keyingi ikkinchi uchrashuv bo‘ladi.