Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Mark Ryutteni qabul qildi.
Uchrashuv 13 may, seshanba kuni Anqaradagi Prezidentlik majmuasida yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Turkiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlar, Rossiya-Ukraina mojarosi, mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilingan.
Uchrashuvda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ham ishtirok etdi.