Turkiya Eron rasmiylari hozirgi inqirozni muloqot va diplomatiya orqali hal qilishiga umid qilmoqda.
Bu bayonotni Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘zi raislik qilgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
"Qo‘shnimiz Eron yangi qiyinchilikka duch kelmoqda. Turkiya o‘zining prinsipial pozisiyasiga sodiq qolishda davom etmoqda. Biz Eron muammolariga yechim muzokaralar stolida topilishi kerak, deb hisoblaymiz. Biz barcha manfaatdor tomonlarni diplomatiyaga chaqiramiz. Biz mintaqamizni betartiblikka solishi mumkin bo‘lgan har qanday urinishlarga qarshi turishda davom etamiz", dedi Turkiya rahbari.