Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Erdo‘g‘on 29 sentyabr kuni Putin bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirayotganini aytdi

A A A
Erdo‘g‘on 29 sentyabr kuni Putin bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirayotganini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29 sentyabr kuni Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan Ukrainadagi vaziyatni telefon orqali muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytdi.

“Ertaga, umid qilamanki, biz janob Putin bilan Ukraina inqirozi, referendumlar bo‘yicha gaplashamiz”, — deya Erdo‘g‘onning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

U Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni muhokama qilishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Avvalroq Erdo‘g‘on Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvni imkon qadar tezroq tashkil etish istagi borligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 01:44 29.09.2022. O'qildi: 2563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!