Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozongan Rajab Toyyib Erdo‘g‘on dushanba oqshomida Anqarada tarafdorlari bilan uchrashdi. Saylangan davlat rahbari yangi davrdagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida gapirdi .
“Biz avvalgi barcha saylovlarda bo‘lgani kabi saylovchilarning xohish-irodasini hurmat qilamiz. Faqat biz g‘alaba qozonganimiz yo‘q. Turkiya g‘alaba qozondi, demokratiya g‘alaba qozondi! (...) Milliy maqsad va g‘oyalar yo‘lida birlik va yig‘ilish vaqti keldi”, — dedi Erdo‘g‘an.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya rasmiylari uchun asosiy masala 6-fevraldagi vayronkor zilzila oqibatlarini bartaraf etish va falokat zonasini tiklash masalasi bo‘lib qoladi.