Prezident Erdo‘g‘anning bayonoti:
Ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, savdo, mudofaa, sun’iy intellekt, energetika, yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishi kabi sohalar muhokama qilindi.
Plazma texnologiyalari sohasida memorandum imzolandi.
Savdo aylanmasi 10 milliard dollardan oshdi; maqsad — bu ko‘rsatkichni 15 milliard dollarga yetkazish.
Turkiyaga investisiya kiritishni rejalashtirayotgan Janubiy Koreya investorlariga har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va’da qilindi.
Mudofaa sanoatida hamkorlikni yana bir bor mustahkamlashga tayyorlik tasdiqlandi.
Atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Koreya va Turkiya atom energetikasi kompaniyalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Janubiy Koreya va Suriya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilishi ijobiy qadam sifatida baholandi.
Turkiya va Janubiy Koreya G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, tinch aholini himoya qilish va ikki davlatni o‘z ichiga olgan yechimni qo‘llab-quvvatlaydi.
Turkiya Ukrainada barqaror tinchlikka erishish uchun, ayniqsa, Istanbul muzokaralari doirasidagi diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Prezident Li Chje Myonning bayonoti:
Turkiya bilan qondan kelib chiqqan birodarlik va strategik sheriklik kelajak avlodlar mulkiga aylanadi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli tushunish asosida ko‘plab sohalarda munosabatlarni mustahkamlamoqda.
Mudofaa sanoatida hamkorlikni o‘zaro o‘quv dasturlari va investisiyalar orqali yanada chuqurlashtirish mumkin.
Muffaqqiyatli mudofaa hamkorligi ikki davlat salohiyati va mintaqaviy tinchlikni mustahkamlaydi, degan umid bildirildi.