Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Erdo‘g‘an uzoq masofali raketalarni Ukrainaga topshirishga qarshi

Erdo‘g‘an uzoq masofali raketalarni Ukrainaga topshirishga qarshi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Amerika rasmiylarini Ukraina harbiylariga ATACMS raketalari yordamida Rossiya hududiga hujum uyushtirishga ruxsat berganlikda tanqid qildi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga uzoq masofaga uchuvchi raketalarning topshirilishi mojaroning avj olishiga olib keladi, deya Turkiya rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirdi CNN Turk telekanali. Erdo‘g‘an voqealarning bunday rivojlanishi butun dunyoni katta urush yoqasiga qo‘yishi mumkin, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, uning fikriga ko‘ra, Rossiya va Ukraina «o‘zini tutishi» kerak.

Shu bilan birga, Xitoy rasmiylari so‘nggi voqealar fonida urushda keskinlikni kamaytirishga chaqirdi.

«Hozirgi sharoitda barcha tomonlar xotirjamlikni saqlashlari, vazminlikni saqlashlari va keskinlik va strategik xavflarni oldini olish uchun muloqot va maslahatlashuvlar orqali birgalikda harakat qilishlari kerak», dedi chorshanba kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lin Jian.

Kiritildi: Bugun 07:56. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!