Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Turkiya prezidenti Anqara ham Putin, ham Zelenskiy bilan bevosita muloqot qila oladigan yagona davlat bo‘lib qolayotganini ta’kidlab, tinchlik muzokaralari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor ekanini bildirdi.
Shuningdek, nashrning xabar berishicha, bugun Erdo‘g‘anning Tramp bilan telefon orqali muloqoti rejalashtirilgan.
Muloqot Amerikaning F-35 va F-16 qiruvchi samolyotlarini sotib olish masalasiga qaratilgan. Bu Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan dushanba kuni bo‘lib o‘tadigan telefon muloqotlarining asosiy mavzularidan biri bo‘ladi.
Avvalroq Tramp Vashington Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini sotish imkoniyatini o‘rganayotganini aytgan va shu bilan birga Anqara bu samolyotlardan Isroilga qarshi foydalanmasligiga ishonch bildirgandi.