Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Nyu-Yorkdagi uchrashuv chog‘ida Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga «Yana adolatli dunyo bo‘lishi mumkin» nomli kitobini sovg‘a qildi.
Kitob, ta’kidlanganidek, keng ko‘lamli global muammolarga, asosan, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish masalasiga bag‘ishlangan.
Nyu-Yorkda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va bosh vazir Nikol Pashinyan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Erdo‘g‘an Pashinyanni Nyu-Yorkdagi Turklar uyida qabul qilgan.
Erdo‘g‘an Pashinyan bilan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish, shuningdek, Boku va Yerevan o‘rtasidagi tinchlik jarayonini muhokama qilgan.