Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on amerikalik tadbirkor, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari asoschisi Ilon Mask bilan uchrashdi.
“Report” ning AQSh byurosi xabar berishicha, uchrashuv Nyu-York shahrida faoliyat yurituvchi “Turk uyi”da bo‘lib o‘tgan.
Erdo‘g‘on I. Maskdan tashqari AQShning “Coca-Cola”, “Amazon” kabi ko‘plab yirik kompaniyalari investorlari bilan ham uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka xizmat safari bilan borgan edi. Tashrif davomida u AQSh prezidenti Jo Bayden, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, shuningdek, qator davlat rahbarlari va hukumat vakillari bilan uchrashadi. Prezidentning tashrifi 20-sentyabr kuni yakunlanadi.