Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar yakunida Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha Rossiya va AQSh bilan ishlash muhimligini aytdi.
"Avvalo, biz Rossiya bilan yarashuvni tezlashtiradigan, adolatli va mustahkam tinchlikka yo‘l ochadigan takliflarni muhokama qilishga tayyormiz. Biz bu jarayonda ittifoqchimiz AQShning ishtirok etishiga katta ahamiyat beramiz," - dedi Turkiya rahbari muzokaralar yakunlari bo‘yicha OAV uchun bergan bayonotida.