Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Erdog‘an: Suriyaning 5 ta shahri Turkiya tarkibida bo‘lishi mumkin edi

Erdog‘an: Suriyaning 5 ta shahri Turkiya tarkibida bo‘lishi mumkin edi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Suriyaning Halab, Idlib, Xama, Damashq va Raqqa shaharlari, agar Birinchi jahon urushining tugatish shartlari boshqacha bo‘lganida, Turkiya tarkibidagi bir xil nomdagi viloyatlarning markazlariga aylanishi mumkin edi, dedi.

“Agar Birinchi jahon urushi mintaqamiz chegaralarini qayta ko‘rib chiqqanida, sharoitlar boshqacha bo‘lganida nima bo‘lar edi? Katta ehtimol bilan biz Halab, Idlib, Xama, Damashq, Raqqa deb ataladigan shaharlar xuddi Antep, Hatay, Urfa kabi bizning viloyatlarimiz bo‘lardi”, dedi Turkiya rahbari o‘zining Adolat va taraqqiyot partiyasining Sakaryada o‘tkazilgan sakkizinchi navbatdagi qurultoyida. Undan iqtibos keltirmoqda RBC.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu yerlar boshqalar hukmronligiga o‘tgandan keyin ham Turkiya u yerda yashovchi xalqlar bilan aloqalarini butunlay uzmadi.

Bu bayonotdan so‘ng bir qancha ommaviy axborot vositalari Erdog‘on Suriyaning bir qancha shaharlarini Turkiyaga qo‘shib olish va Birinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘lgan ikki davlat chegarasini qayta ko‘rib chiqish niyatini bildirgani haqida xabar tarqatdi. Keyinchalik Anqaradagi diplomatik manba Turkiya rahbariyatining bunday rejalari mavjudligini rad etdi.

Kiritildi: Bugun 09:21. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!