5 noyabr kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘an davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi.
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyevning ma’lum qilishicha, bo‘lajak tashrif doirasida Qirg‘iziston va Turkiya rahbarlari kichik guruhda uchrashadi, shuningdek, Oliy Majlisning oltinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashi bo‘lib o‘tadi.
“Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni kengaytirish va davlatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 6 noyabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘an Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etadi”, – dedi Muratbek Azimbakiyev.