Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yaqinda imom-xatib maktablari o‘quvchilari qurultoyidagi nutqini yakunladi. Turkiya prezidenti o‘z nutqida Falastinning qarshilik harakati Xamasni qo‘llab-quvvatladi va Turkiya dushmanlari birinchi navbatda turk diniy qadriyatlarini nishonga olayotganini aytdi.
«Hamas bugun nafaqat G‘azo sektorini, balki islomiy davlatlar va Turkiyani ham himoya qilmoqda <...> Isroil davlati terroriga qarshi kurashish biz uchun islomiy burch, diniy burch va vatanparvarlik masalasidir», - dedi Erdo‘g‘an.
«Bu yerlar ikki asrdan beri hujumga uchragan, biroq e’tibor bering: ular eng ko‘p iymonga hujum qiladilar va eng muhimi [Turkiyaning] dushmanlari bizning diniy qadriyatlarimizga hujum qiladi».