Iroq Kurdistonining Erbil shahridagi AQSh va Britaniya kuchlari tomonidan foydalaniladigan bazaga qilingan hujumda bir nechta amerikalik harbiy xizmatchilar yengil jarohatlar oldi. Britaniyalik harbiy xizmatchilardan hech biri jabrlanmagan.
Bu haqda Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi bu haqda Mudofaa vaziri Jon Xili tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
"Hozirda Erbilda ushbu bazani himoya qilishga yordam berayotgan xodimlarimiz bor", dedi brigada generali Gay Foden. "Kecha kechqurun ular ikkita Eron dronini urib tushirdilar. Biroq, yana bir nechtasi bazaga hujum qildi".
6 mart kuni Reuters xavfsizlik manbalariga tayanib, ikkita Eron dronlari Erbil aeroporti yaqinidagi Amerika bazasiga hujum qilganini xabar qildi.