Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Er savdosi bilan shug‘ullangan firibgarning siri fosh bo‘ldi

Er savdosi bilan shug‘ullangan firibgarning siri fosh bo‘ldi

Buxoroda yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Buxoroda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro R.N. davlat zaxirasidagi 2 sotix yer maydoniga tegishli hujjatlarni noma’lum shaxslar orqali qalbakilashtirish yo‘li bilan turmush o‘rtog‘ining nomiga rasmiylashtiradi. Natijada ushbu yer maydonini o‘zaro og‘zaki kelishuvga ko‘ra fuqaro J.ning nomiga ishonchnoma berish orqali 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanadi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:38 22.07.2022. O'qildi: 2148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!