Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Er osti boyliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi ta’minlanadi

Er osti boyliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi ta’minlanadi

Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining majlisida “Er qa’ri to‘g‘risida”gi qonun dastlabki tarzda muhokama etildi.

Qonun bilan yer osti boyliklariga egalik qilish va ularni tasarruf etish, shuningdek, yer qa’ridan foydalanish hamda uni muhofaza qilish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinmoqda.

Qonun asosida foydali qazilmalar o‘rganilishi va iqtisodiy asoslarga ko‘ra klassifikasiyalanishi belgilanmoqda. Yer qa’ri uchastkalarining davlat fondiga yangi “zaxira fondi” tushunchasi kiritilib, uning mohiyati yoritib berilmoqda.

Er osti boyliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi nazarda tutilib, yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish tartib-taomillari takomillashtirilmoqda.

Qonun senatorlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilishi belgilandi.

Shu bilan birga, majlisda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” ijrosi hamda mazkur viloyatda turmush darajasini yanada yaxshilash va aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ishlar holati muhokama qilindi.

Majlisda hududlardagi yechimini kutayotgan kamchiliklar va muammoli masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi 35 gektar maydonda tashkil etilgan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi filialida sanoat sohasida yuqori hamda o‘rta yuqori texnologiyali loyihalarni joylashtirish va amalga oshirish orqada qolayotgani, Ko‘kdala tumanida namunaviy madaniyat markazi qurilishida muammolar borligi aytib o‘tildi.

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida xorijiy investorlar hamkorligidagi “Qo‘y junidan lanolin substansiyasini ajratib olish” loyihasini amalga oshirish tarmoq jadvalidan ortda qolayotgani, viloyatda faoliyat yuritayotgan past quvvatli 5 ta kollej va texnikumni zamonaviy kasb-hunar maktabiga aylantirib, 2 ming nafar kasb egalarini tayyorlash vazifasi ham kechikayotgani qayd etildi.

Qo‘mita majlisida vazirlik va idoralar hamda viloyat mas’ul rahbarlarining axborotlari eshitildi. Viloyatlarda avtomobil yo‘llarining umumiy holatini yaxshilash orqali hududlarda ijtimoiy va iqtisodiy yo‘nalishlarni rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Investisiyalar jalb qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi hamda bu borada qator takliflar bildirildi.

Kiritildi: 11:26 18.09.2024. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!