Bugun 31 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Epshteyn ishi bo‘yicha uch million hujjat e’lon qilindi

Epshteyn ishi bo‘yicha uch million hujjat e’lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlar va ayrim ommaviy axborot vositalarida Donald Tramp bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha ayblovlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat keng tarqaldi.

Ushbu hujjat Federal qidiruv byurosi tomonidan 2025 yil avgust oyida tayyorlangan.

CNN'ning xabar berishicha, ayblovlarning aksariyati tasdiqlanmagan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi mumkin. Hujjatlar e’lon qilinganidan so‘ng AQSh Adliya vazirligi ularning ikki versiyasini saytdan olib tashlagan, biroq keyinchalik fayl yana ochiq foydalanishga qaytarilgan.

Shuningdek, 2013 yilda Jeffri Epshteynga yuborilgan maktublar ham e’lon qilingan. Ularda Microsoft asoschisi Bill Geyts go‘yoki “rossiyalik qizlar” bilan muloqotdan so‘ng jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyaga chalingani aytiladi. Bu ma’lumotlar ham tasdiqlanmagan.

Bundan tashqari, hujjatlar orasida tadbirkor Ilon Maskning o‘sha yilda Epshteynga yo‘llagan maktubi ham bor. Unda Mask Epshteynga tegishli orolga qachon borish mumkinligi haqida so‘raydi. Mask esa Epshteynga qarashli orollardan biriga borish taklifini rad etganini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 16:50. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!