Yaponiyaning yetakchi Liberal-demokratik partiyasining rahbari etib Yosixide Suga saylandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Yosixide Suga 377 ta ovoz to‘pladi. Uning raqiblari - sobiq mudofaa vaziri Sigeru Isiba 68 ta ovoz, Fumio kisida esa - 89 ta ovoz jamlashdi.
16 sentyabr kuni Yaponiya Parlamentida navbatdan tashqari ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi. Unda Yosixide Suga Yaponiya bosh-vaziri lavozimiga tasdiqlanadi.
Liberal-demokratik partiya Parlamentda ko‘pchillik ovozga ega bo‘lgani tufayli Yosixide Suga bosh vazir lavozimiga tayinlanishi muqarrar. Yosixide Suga allaqachon Abe yo‘nalishini davom ettirishini ma’lum qildi, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe sog‘ligi yomonlashgani tufayli bosh vazir lavozimini tark etishga qaror qilganini ma’lum qilgan edi.