Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Eng ko‘p maosh oladigan davlat yetakchilari ma’lum qilindi

Eng ko‘p maosh oladigan davlat yetakchilari ma’lum qilindi

“Forbes” nashri yozishicha, ayni payt Singapur Bosh vaziri dunyoning eng boy davlat yetakchisi hisoblanadi.

– Hozir dunyo yetakchilari orasida bir nafar millioner bor – Singapur Bosh vaziri Lorens Vong, – deyilgan materialda. – Uning yillik maoshi qariyb 1,69 million dollar.

Ta’kidlanishicha, ayni ko‘rsatkich bu borada ikkinchi o‘rinda turgan Shveysariya Prezidenti Violu Amxerdning yillik maoshi – 570 ming dollardan ancha ko‘p. Avstraliya hukumati rahbari Entoni Albaniz mazkur ro‘yxatda uchinchi, AQSh Prezidenti Jo Bayden to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Eng boy yetakchilar o‘nligini Irlandiya Bosh vaziri Saymon Xarris yakunlagan.

Kiritildi: 09:56 08.10.2024. O'qildi: 884 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!