2 iyul soat 18:00 holatiga respublika Oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar soni 114 ming nafardan oshdi. Bu haqda Aziz Abduhakimov xabar beradi.
Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan (tanlov) oliy ta’lim muassasalari 3-taligi:
1) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bir o‘ringa 2.96 nafar abituriyent;
2) Andijon tibbiyot instituti bir o‘ringa 2.81 nafar abituriyent;
3) Guliston davlat universiteti bir o‘ringa 2.23 nafar abituriyent.
Abituriyentlarning eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan ta’lim yo‘nalishi 3 taligi:
1) Maktabgacha ta’lim 6490 nafar abituriyent;
2) Boshlang‘ich ta’lim va sport 6240 nafar abituriyent;
3) Jismoniy madaniyat 5901 nafar abituriyent.
Abituriyentlardan eng ko‘p ro‘yxati qayd etilgan hududlar 3 taligi:
1) Qashqadaryo viloyatidan 11 321 nafar abituriyent;
2) Andijon viloyatidan 11 098 nafar abituriyent;
3) Samarqand viloyatidan 10 596 nafar abituriyent.
Joriy o‘quv yilida test sinovlarini o‘tkazish uchun Toshkent shahri va mamlakat hududlari markazlarida 69 ta yuqori sig‘imli binolar tanlab olindi.
Tanlab olingan 69 ta binolarda bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati organlari, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan test sinovlarini shaffof va xolis, keng jamoatchilik va ota-onalarga onlayn kuzatish imkonini beradigan sharoitlarni yaratgan holda o‘tkazilishi uchun tashkiliy ishlar olib borilmoqda.