Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘zatov va Oltiariq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “K.-T.” MCHJ mas’ul shaxslari va “M.O.” fermer xo‘jaligi rahbari M.K. tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 165,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.B.” MCHJ rahbari J.T. umumiy foydalanishdagi tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 130,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.K.” MCHJ rahbari P.R. va “G.N.” MCHJ rahbari U.S.lar o‘zaro til biriktirib, “P.K.” MCHJning Qarshi shahri, “Xo‘ja-Xiyol” MFY hududidagi avtomobillarni yuvish shoxobchasidagi elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 101,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.