39 yoshli britaniyalik erkak Nikolas Mudford energetik ichimliklarga qaramligi tufayli 10 ta tishidan ayrildi.
Daily Mail nashrining yozishicha, erkak energetik ichimliklar ichishni 20 yildan ko‘proq vaqt oldin boshlagan. U bu mashhur ichimliklarning ta’mini shunchalik yaxshi ko‘rardiki, vaqt o‘tishi bilan haftasiga 21 stakan ichishni boshladi.
Energetik ichimliklarga zararli qaramlik va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilmaslik tufayli britaniyalikning tishlari chiriy boshladi. Shunga qaramay, u 10 yil davomida tish shifokoriga ko‘rinmadi, chunki shifokorlardan qo‘rqardi.
2018 yilda Mudford ishga ketayotib, oldingi tishidan ayrilganidan keyingina vaziyatni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan. U Turkiyadagi klinikaga bordi, u yerda shifokorlar uning 10 ta chirigan tishini olib tashlab, o‘rniga implant qo‘yishdi, qolgan tishlariga shpon o‘rnatishdi. Tishlarni keng qamrovli davolash britaniyalikka to‘qqiz ming funtga tushdi. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror uning hayotidagi eng yaxshi qaror edi, chunki endi u nihoyat ishonch bilan tabassum qila oladi.