Endi Yandex.Go xizmatlari foydalanuvchilariga fiskal cheklarni avtomatik tarzda taqdim etilishi mumkin. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi rahbariyati bilan "Yandex.Go" kompaniyasi boshqaruv tarkibi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Unda yo‘lovchi tashish va oziq-ovqat yetkazib berish bozorida shaffoflikni oshirish va tartibga solishni takomillashtirish, xususan onlayn xizmatlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integrasiyalash masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida amalga oshirilayotgan tranzaksiyalarni fiskallashtirish va "Yandex.Go" xizmatlari foydalanuvchilariga fiskal cheklarni avtomatik tarzda taqdim etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash rejalari belgilab olindi.