Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Endi Xitoyga vizasiz borish mumkin bo‘ladi

Endi Xitoyga vizasiz borish mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 2024 yil 1 dekabr kuni Chendu shahrida imzolangan o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim bo‘yicha tomonlarning ichki proseduralari yakunlandi. Ushbu xalqaro hujjatga muvofiq, Bitim 2025 yil 1 iyundan e’tiboran kuchga kiradi.

Bitim O‘zbekiston va Xitoy fuqarolarining ikki davlat hududiga vizasiz safar qilish tartibini belgilaydi. Unga ko‘ra, fuqarolar ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun har bir alohida bo‘lish muddati 30 kundan oshmaydigan muddatda va har qanday 180 kunlik davr ichida jami 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda viza talablaridan ozod qilinadi.

Agar fuqarolarning ushbu muddatdan ortiq qolishi zarur bo‘lsa, ular tegishli kirish vizasini oldindan rasmiylashtirishlari shart.

Vizasiz rejim mehnat faoliyati, o‘qish va media faoliyati bilan shug‘ullanish, shuningdek, boshqa Tomon vakolatli organlarining oldindan roziligini talab qiladigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, Bitim Xitoy Xalq Respublikasining Gongkong va Makao maxsus ma’muriy hududlariga tashrif buyurishga nisbatan amal qilmaydi.

Kiritildi: Bugun 17:49. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!