Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endi O‘zbekistonda Yoshlar parlamenti ham bo‘ladi 

A A A
Endi O‘zbekistonda Yoshlar parlamenti ham bo‘ladi 

Oliy Majlisi Senati huzurida Yoshlar parlamentini tashkil etish bo‘yicha Senat Kengashi qarori hamda maxsus dastur loyihalari ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu loyihaga ko‘ra, Yoshlar parlamenti a’zolari 18 – 30 yosh  bo‘lgan fuqarolar orasidan gender tenglik ta’minlangan va jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni ham jalb qilgan holda jami 100 nafar etib shakllantiriladi.

✅  Bunda xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlariga saylangan yoshlar vakillaridan har bir hududdan teng miqdorda 6 nafardan jami 84 nafar va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tavsiyasiga ko‘ra 10 nafar hamda Senatning Yoshlar madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tavsiyasiga binoan 6 nafar yoshlar Senat Kengashi qarori bilan Yoshlar parlamenti a’zoligiga tasdiqlanadi.

❗️Yoshlar parlamenti tomonidan qabul qilingan hujjatlar tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi. 

 

Kiritildi: 14:59 03.06.2020. O'qildi: 3097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!