Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Endi O‘zbekistonda ayollar ham avtobus va yuk mashinasini haydashi mumkin

Endi O‘zbekistonda ayollar ham avtobus va yuk mashinasini haydashi mumkin

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga (85-son, 12.02.2024 y.) muvofiq Hukumatning 2018 yil 31 maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotdi.

Shu tariqa ayollarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat faoliyatini olib borish uchun huquqiy asos yaratildi:

🔹 yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini boshqarish;

🔹 yo‘lovchilarning soni 14 kishidan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarish.

Eski normalarning bekor qilinishi bilan ayollarga qo‘shimcha kasb va sohalarda mehnat faoliyatini olib borishi uchun huquqiy asos mustahkamlandi. Shuningdek, transport sohasida gender tenglikni ta’minlash va katta sig‘imli avtobuslarni (elektrobus) boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi.

Qayd etish joizki, zamonaviy avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari ayollarga ushbu sohalarda qulay va sog‘liqlariga zararsiz mehnat faoliyatini olib borish imkonini beradi.

Kiritildi: 15:56 13.02.2024. O'qildi: 1258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!