Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Endi tez yordam qayerda ekanini onlayn ko‘rish mumkin

Endi tez yordam qayerda ekanini onlayn ko‘rish mumkin

Toshkentda tez tibbiy yordam harakatini real vaqtda kuzatish imkonini beruvchi sinov loyihasi ishga tushirildi.

103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilinganidan so‘ng, bemorning telefoniga shaxsiy havola bilan SMS yuboriladi. U orqali siz:
🔹 brigada hozir qayerda ekani;
🔹 qay yo‘nalishda harakatlanayotgani;
🔹 yetib kelishga qancha vaqt qolganini bilishingiz mumkin.

Loyiha Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi va Yandeks O‘zbekiston hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Hozircha faqat Toshkent shahrida sinov tarzida, lekin muvaffaqiyatli bo‘lsa, butun O‘zbekistonda joriy etilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:55 04.08.2025. O'qildi: 953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!