Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endi telegramga kirish ham pullik bo‘lyaptimi?

Endi telegramga kirish ham pullik bo‘lyaptimi?

Ayrim davlatlarda telegram akkauntiga kirish pullik bo‘lib qolmoqda. Germaniya, Braziliya va Afrika davlatlaridagi foydalanuvchilar odatiy bepul SMS-kod olish imkoniyati rad etilayotgani haqida xabar bermoqda.

Nima bo‘lyapti?

— Foydalanuvchiga odatiy bepul SMS orqali kirish imkoni berilmayapti;
— Shundan so‘ng kirish uchun faqat pullik SMS yuborish varianti qoladi;
— Bunday SMS yuborish narxi o‘rtacha $1–1,5;
— Telegram esa bu xarajatni 1 haftalik Premium berib qoplab beradi.

Nega bunday qilinyapti?

Telegram vakillarining tushuntirishicha, ayrim mamlakatlarda SMS-xabar narxi juda baland. Shu sababli kompaniya xarajatlarni qoplash uchun vaqtincha pullik avtorizasiyani joriy qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:16. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!