Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tegishli qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Unga ko‘ra, penya miqdori yetkazilmagan tovar qiymatining 100 foizidan oshmasligi shart. Shuningdek, penya to‘lash shartnomani buzgan tomonni yetkazib berish kechiktirilishi yoki tovarning to‘liq yetkazilmasligi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Agar kechiktirish iste’molchining aybi bilan sodir bo‘lgani isbotlansa, sotuvchi penya to‘lashdan ozod etiladi.