Rasman, agar siz referat, rassomlik asari yoki video-materialni ChatGPT yoki boshqa sun’iy intellekt yordamida yaratgan bo‘lsangiz, bu ish sun’iy intellekta tomonidan yaratilganini ochiq ko‘rsatish shart bo‘ladi. Oliy Majlis Senati 2025 yil 1 noyabrda sun’iy intellekt sohasini tartibga soluvchi yangi qonunni ma’qulladi. Qonun talabiga ko‘ra tezlik bilan yaratilgan barcha materiallar — matn, foto, video yoki audiolar — alohida belgilanadi va agar matn ChatGPT tomonidan yozilgan bo‘lsa, bu haqda ochiqcha ma’lum qilish kerak.
Javobgarlik masalasi ham qayta ko‘rib chiqildi: sun’iy intellekt orqali shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qayta ishlash uchun 50 dan 100 BHM gacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq, shuningdek uskunani musodara qilish jazosi belgilangan.