O‘zbekistonda birinchi marta santexnik, payvandchi, oshpaz, elektromontajchi, avtomexanik, sartarosh va boshqa amaliy kasb egalari shunday katta ko‘lamda e’tirof etildi.
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovida eng mahoratli yoshlar medallar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ustozlar mehnati ham alohida qadrlandi.
Endi eng kuchli yoshlar uchun navbat — WorldSkills xalqaro chempionati. U yerda g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik ishtirokchiga Prezident tomonidan 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot beriladi.