Yaqin kelajakda Checheniston Respublikasida muslima ayollar uchun taksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda mamlakatda faoliyat olib boruvchi shayx Zayd nomidagi Fondning Instagramʼdagi sahifasida ma’lum qilindi. Ushbu yangi loyiha Fond bosh direktori Adam Cherxigov boshchiligida o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.
Ayollar uchun yo‘lga qo‘yilayotgan taksi shariat talablariga javob beradi hamda milliy an’analarga muvofiqdir. O‘z navbatida rulda ham, albatta ayol haydovchilar bo‘ladi ,- deyiladi xabarda.
Ushbu taksi xizmatiga chechen tilida qizlar ma’nosini beruvchi Mexkari nomi berildi.