Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Endi Milliy gvardiya xodimlari ham fuqarolarga o‘zini tanishtirishga majbur

Endi Milliy gvardiya xodimlari ham fuqarolarga o‘zini tanishtirishga majbur

Fuqarolar bilan muloqotda o‘zini tanishtirish talabi Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Qonunchilik palatasining ma’lum qilishicha, “Milliy gvardiya to‘g‘risida”gi qonunga tegishli qo‘shimcha qo‘shilmoqda.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) fuqaroga murojaat etganida hamda o‘ziga fuqaro murojaat etgan taqdirda o‘zini tanishtirishi hamda fuqaroga uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi shart, deyiladi qonunga qo‘shilayotgan yangi normada.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Kiritildi: 18:11 21.01.2025. O'qildi: 1289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!