Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Endi maktablarda qonuniy pullik xizmat joriy etiladi

A A A
Endi maktablarda qonuniy pullik xizmat joriy etiladi

O‘zbekiston maktablarida pullik ta’lim xizmatlari tashkil etiladi. Bu Hukumatning O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida gi nizomida ko‘zda tutilgan.

Nizomga muvofiq, pullik ta’lim xizmatlari zarur moddiy-texnika bazasi va tegishli pedagog xodimlarga ega bo‘lgan maktablarda tashkil etiladi.

Ma’lum qilinishicha, pullik ta’lim xizmatlari shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Mazkur xizmatlarga o‘quvchilarni majburiy jalb etish taqiqlanadi.

Pullik xizmatlar uchun to‘lov kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun umumiy narxning 50 foizi miqdorida belgilanadi , - deyiladi hujjat matnida.

Ta’kidlanishicha, bitta guruhda mashg‘ulotlarda qatnashuvchilarning soni 35 nafardan oshishi mumkin emas. Pullik xizmatlardan tushadigan mablag‘ning 50 foizidan kam bo‘lmagan qismi pedagog o‘qituvchilarga beriladi.

Shuningdek, pullik xizmatlar uchun haq banklar orqali to‘lanadi, to‘lovni maktabda amalga oshirish taqiqlanadi.

Kiritildi: 15:03 24.04.2019. O'qildi: 2457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!