Prezident farmoni bilan muammoli kreditlarni undirish samaradorligini oshirish maqsadida yangi yondashuv joriy etilmoqda.
Unga ko‘ra:
– undirish jarayonlari ixtisoslashtirilgan davlat ijrochilariga yuklanadi;
– qo‘shimcha 400 ta ijrochi shtat birligi ajratiladi;
– ushbu tizim tijorat banklari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
– ijrochilar sonini oshirish yoki kamaytirish Bosh prokuror buyrug‘i bilan belgilanadi.
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi va Markaziy bank ikki oy ichida undirish jarayonida to‘lovlarni taqsimlash tartibini belgilaydi.