Shavkat Mirziyoyev avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qarorni imzoladi.
Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
2022 yil 31 dekabrgacha muddatga eksperiment tariqasida yakka tartibdagi tadbirkorlarga 4 ta o‘rindiqli yengil avtotransportda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi berilmoqda. Asosiy talablar:
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun boshlang‘ich to‘lov 5 barobarga kamaytirilib 690 ming so‘mni, oylik to‘lov 1,5 barobarga kamayib 425 ming so‘mni tashkil qiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab yakka tartibdagi tadbirkor sifatida taksi faoliyati bilan shug‘ullanish faqatgina mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar (agregatorlar) xizmati orqali amalga oshiriladi.
Taksi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari uchun quyidagi yagona talablar joriy etilmoqda:
Yuridik shaxslarga tegishli taksilar uchun quyidagi preferensiyalar nazarda tutilmoqda:
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvarga qadar taksi sifatida foydalaniladigan avtotransport vositalarining rangi («fil suyagi» va sariq ranglar) hamda maxsus davlat raqamiga («TT» seriyali) qo‘yilgan talablar to‘xtatilmoqda.