Bugun 2 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Endi issiqxona xo‘jaliklari elektr va gaz uzilishlarida oldindan xabardor qilinadi

Endi issiqxona xo‘jaliklari elektr va gaz uzilishlarida oldindan xabardor qilinadi

“Hududgazta’minot” va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga bosim tushishi yoki uzilishlar bo‘lishi haqida issiqxona xo‘jaliklarini kamida 24 soat oldin xabardor qilish majburiyati yuklatiladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning "Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilab qo‘yilgan. 24 soat oldin xabardor qilish majburiyatida shartnomalardagi fors-major holatlari esa bundan mustasno ekanligi aytib o‘tilgan.

Shuningdek, 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumidan boshlab issiqxona xo‘jaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan to‘lov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan to‘lov amalga oshiriladi. Bunda oldingi davr uchun issiqxonaning qarzdorligi bo‘lmasligi kerak.

Kiritildi: 22:15 01.10.2024. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!