Muhtoj oilalar uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektorda ma’lum qilindi. Joriy yilda ipoteka krediti bo‘yicha 6 oylik imtiyozli davr kiritiladi. Shaharlarda dastlabki badal miqdori 20 foizdan 15 foizga tushiriladi.
Past daromadli, uyga muhtoj oilalarga 15 foizlik dastlabki badalning 10 foizi subsidiya sifatida to‘lab beriladi. Ya’ni, aholi uy olish uchun dastlabki badalning 5 foizini to‘laydi, xolos.
Kredit olgan aholi uchun foiz to‘lovlarining Toshkent shahrida 12 foizi, boshqa hududlarda 10 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi.
Masalan, qishloqlarda 54 kvadrat metrli kvartira (o‘rtacha 216 mln so‘m) olmoqchi bo‘lgan oila 33 mln so‘mlik dastlabki badalning faqat 11 mln so‘mini to‘laydi, 22 mln so‘mi byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bu oila imtiyozli davrda oyiga 1,5 mln so‘m kredit to‘lasa, qolgan 1,1 mln so‘mini har oy davlat qoplab beradi.