Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Emmy: mukofotlar g‘oliblarga topshirildi

Emmy: mukofotlar g‘oliblarga topshirildi

13 sentyabr, seshanba kuni Los-Anjelesda 74-Emmy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. HBO telekanalining «Merosxo‘rlar» loyihasi «Eng yaxshi dramatik serial», «Ted Lasso» «Eng yaxshi komediya seriali» nominasiyasida g‘olib bo‘ldi.

Hakamlar hay’ati HBO’ning yana bir loyihasi - «Oq nilufar»ni eng yaxshi mini-serial sifatida tanladi. Koreyalik aktyor Li Jong-Je «Kalmar o‘yini» Netflix serialidagi bosh roli uchun dramatik serialdagi eng yaxshi aktyor mukofotini qo‘lga kiritdi. Mukofot uning faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. «Kalmar o‘yini» dramatik serial uchun eng yaxshi rejissyorlik bo‘yicha ham mukofotni qo‘lga kiritdi.

Zendaya «Eyforiya» loyihasidagi roli uchun dramatik serialdagi eng yaxshi aktrisa deb topildi. Bu aktrisaning ikkinchi haykalchasi. U ushbu serialdagi roli uchun 2020 yilda birinchi mukofotni olgandi.

Julia Garner «Ozark» kriminal serialidagi roli uchun dramatik serialdagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa deb topilgan bo‘lsa, Mettyu Makfediyen esa «Merosxo‘rlar»dagi roli uchun shunday nominasiyada g‘olib bo‘ldi.

Komediya serialidagi eng yaxshi aktyor deb, avvalgi yildagidek, «Ted Lasso» serialida bosh rolni ijro etgan Jeyson Sudeykis topildi. Xuddi shu serialdagi roli uchun Brett Goldstin eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor sifatida tan olindi. Serialning o‘zi uchun eng yaxshi rejissyorlik mukofoti berildi.

Hakamlar hay’ati «Eng yaxshi komediya aktrisasi» sifatida «Makkorlik» serialidagi Jin Smartni tanladi, «Ebbott» boshlang‘ich maktabi» loyihasidan Sheril Li Ralf esa ikkinchi plandagi eng yaxshi komediya aktrisasi deb topildi.

Maykl Kiton «Buzish» mini-serialidagi roli uchun eng yaxshi aktyor, Amanda Sayfred «Chiqib ketish» loyihasi uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi.

Kiritildi: 18:21 13.09.2022. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!